Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Yevropa va Osiyo kelajagidan xavotirda

Ilon Mask Yevropa va Osiyo kelajagidan xavotirda

Foto: Reuters

Tug‘ilish kamligi sababli Yerning salmoqli qismida aholi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Mask shved jurnalisti Peter Imanuelsenning bolalar sonini ko‘paytirish uchun Yevropada soliq ta’tillari joriy etish kerak degan taklifiga munosabat bildirdi. Maskning fikricha, bunday choralarni qo‘llab ko‘rish kerak. Qandaydir o‘zgarishlar zarur, aks holda Yevropa va Osiyoning katta qismi aholisiz qoladi, dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainadagi urush sababli, Yevropa Ittifoqining 12 mamlakatida tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘ta pasayib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas