Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlik sayloviga ayol nomzod ko‘rsatildi

Prezidentlik sayloviga ayol nomzod ko‘rsatildi

XDP markaziy kengashining plenumida Maqsuda Varisova nomzodi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun tavsiya qilindi.

M.Varisova 1961 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1984 yili Toshkent meditsina institutini tugatgan. Ko‘p yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimida, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Senat a’zosi, Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Maqsuda Varisova «1-darajali Sog‘lom avlod uchun» ordeni va «Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. 3 nafar farzandning onasi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba davlat rahbari saylovida ayol-nomzod sifatida Diloram Tashmuxamedova 2007 yili «Adolat» partiyasidan ishtirok etgan edi. O‘shanda u 434 ming (2,94%) ovoz to‘plagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring