Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XDP lideri Ulug‘bek Inoyatovdan iste’fosi talab qilindi

XDP lideri Ulug‘bek Inoyatovdan iste’fosi talab qilindi

«Surxon ovozi» gazetasining 2023-yil 5-sentyabr 8-soni Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi rahbari Ulug‘bek Inoyatovning iste’fosi talab qilingan maqolani bosib chiqardi.

Maqolada muallif Inoyatovni o‘tgan Prezidentlik saylovida nomiga ishtirok etishda, hokimiyat tizimi faoliyatini hamda raqiblar dasturini taftish qilmaganlikda ayblaydi.

U, shuningdek, o‘tgan saylov haqida yozib, «fikrlar xilma-xilligi sezilmaganligi, siyosiy raqobat muhiti yaratilmagani»ni ta’kidlagan.

«Saylovoldi dasturingizda hech qanday yangi fikr, yangi g‘oyani ko‘rmadik. Quruq safsatadan nariga o‘tilmadi va shunga yarasha «mukofot»ini ham oldingiz. Ovoz berish natijalari buning dalili», – deydi XDP liderning saylovdagi ishtirokiga baho berar ekan muallif.

Muallif, qolaversa, demokratik davlatlarda saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng partiya yetakchisi darhol o‘rnini bo‘shatib qo‘yishini ta’kidlaydi va Inoyatovdan uning iste’fosini talab qiladi.

«Saylovdagi befarqligingiz tufayli XDPning mavqeyiga putur yetdi. Partiyadoshlaringiz, qolaversa saylovchilar ishonchini oqlay olmadingiz.

Shunday ekan, partiya Markaziy Kengashi raisi vazifasidan iste’foga chiqsangiz, mardning ishi bo‘lar edi», – deydi mustaqil O‘zbekiston parlamenti tarixida bunday holat kuzatilmagani, ammo bu sodir bo‘lsa, birinchisi bo‘lishi mumkinligiga shama qilgan muallif.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring