«Raqib sifatida birgina Shavkat Mirziyoyevni ko‘raman» — Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda saylov jarayonlarida birgina Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga raqib sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.
«Qolgan partiyalarning nomzodlarini men o‘ylamanki, xalqimizning o‘zi ham juda tez joyiga o‘tkazib qo‘yadi», — deya qo‘shimcha qilgan Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Adolat» partiyasi «Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda ayblab chiqqan edi.
Shuningdek, yana bir nomzod Maqsuda Vorisova ham Alisher Qodirov to‘g‘risida fikrlar bildirib, «bugungi gapi ertaga to‘g‘ri kelmaydigan “Milliy tiklanish”ning “so‘zamol” nomzodi har doimgidek oson, yengil yo‘l qidirayotganga o‘xshaydi», degandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter