Olimlar ajinlar va soch to‘kilishiga qarshi chora topdi
Olimlar inson keksayganda, ajin tushishi va soch to‘kilishiga qarshi chora topishdi, deya xabar berdi «Euronews».
Alabama universiteti olimlari sichqonlar ustida olib borishgan gen tadqiqoti qiziqarli natijalarni tuhfa etdi.
Tadqiqotchilar tashqi ko‘rinishda keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi muayyan gen mutatsiyasini aniqlashdi. Ushbu gen mutatsiyasi to‘rt hafta mobaynida geni o‘zgaruvchan sichqonda qo‘llanildi. Natijada jonivorning juni to‘kilib, terisi tirishib qolgan.
U gen mutatsiyasi me’yoriga keltirilganidan so‘ng yana ikki oy davomida sichqon ustida sinab ko‘rildi. Shundan so‘ng uning terisi silliqlanib, yangi teri paydo bo‘lgan.
Tadqiqot guruhi rahbari Keshay Sinxning aytishicha, bu misli ko‘rilmagan ajoyib tadqiqot bo‘lib, endilikda ushbu tadqiqot orqali insonlar o‘rtasida kuzatiladigan soch to‘kilishi va ajin tushishining oldi olinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter