Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan kasalliklarni aytdi

Shifokor soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan kasalliklarni aytdi

Soch to‘kilishi shifokorlarga murojaat qilinadigan eng ko‘p muammolardan biridir. Dermatolog Aleksandra Filevaning fikricha, kuchli stress, ayrim turdagi dori-darmonlarni qabul qilish va bir qator jiddiy kasalliklar soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi.

Shifokorning ta’kidlashicha, ayollarning 75 foizi va erkaklarning 50 foizi doimiy soch to‘kilishini boshdan kechirmoqda. Deyarli har doim buning sababi testosteron darajasining oshishi tufayli rivojlanadigan kasalliklarda yotadi. Bu androgenetik alopetsiya deb ataladi.

Soch to‘kilishiga olib keladigan boshqa kasalliklar ham bor. Bu surunkali infeksiyalar, shuningdek, qalqonsimon bez va oshqozon-ichak traktining patologiyalari, deydi mutaxassis.

Bundan tashqari, sochlar ma’lum vitaminlar - D, PP va B guruhining yetishmasligi tufayli ham tushishi mumkin. Dermatologning fikriga ko‘ra, og‘ir temir tanqisligi kamqonligi ham kallikka olib keladi.

Umumiy qon testi, zardobdagi temir, ferritin va transferrinni o‘rganish tanadagi qimmatli moddalarning yetishmasligini aniqlashga yordam beradi, deya xulosa qildi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring