O‘g‘ri identifikatsiya tizimi orqali fosh qilindi
Buxoro shahrida joylashgan do‘kondan tilla mahsulotlarlari o‘marilgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga bildirishicha, do‘kondan bir dona bozor bahosi 2.000.000 so‘mni tashkil etuvchi ayollar tilla uzugi o‘g‘irlangan. Biroq, do‘kon egasi o‘g‘rilik qaysi mijoz tomonidan sodir etilganini bilmay qolgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
«Buxoro viloyati IIB EKMdagi Shaxsni qiyofa bo‘yicha identifikatsiya qilish tizimi orqali tekshirilganda, ushbu jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan S.Q. ismli ayol sodir qilgani aniqlandi»,—dedi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter