Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu sudga berildi

Krishtianu Ronaldu sudga berildi

Foto: Reuters.

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu ustidan Florida shtati (AQSh) okrug sudida jamoaviy da’vo arizasi berildi. Bu haqda Coin Telegraph xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Binance kriptovalyuta birjasini reklama qilgan. Da’voda Ronaldu «Binance bilan kelishilgan holda ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarni taklif qilish va sotishda rag‘batlantirgani, yordam bergani yoki faol ishtirok etgani» aytilgan.

2022-yilda portugaliyalik o‘zining NFT tokenlarini yaratgan Binance kompaniyasi bilan ko‘p yillik hamkorlikka erishgandi. Ayblovda ta’kidlashicha, platforma ro‘yxatdan o‘tmagan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni jalb qilgan, bu esa ma’lum yo‘qotishlarga olib kelgan.

Avvalroq, Messi Ronaldudan o‘zib ketib, asrning eng yaxshi futbolchisi deya topilgani xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring