Ronaldu Eronga bormasligi aniq bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu «Al Nasr» tarkibida Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Eronning «Istiqlol» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Hujumchi 3 mart kuni Tehronda bo‘lib o‘tadigan «Istiqlol»ga qarshi bahs uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmagan.
Avvalroq, Ronalduning xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan xizmat vakillari futbolchiga Tehronga bormaslikni tavsiya etgani xabar qilingan edi. Sababi uning Eronga oldingi tashrifi vaqtida portugaliyalik futbolchini ko‘rishni xohlagan odamlarning ko‘p to‘planishi tufayli tartibsizliklar kelib chiqqandi.
Xabar qilinishicha, «Al-Nasr» rahbariyati «Istiqlol»ga qarshi kechadigan o‘yinni uchinchi davlatga ko‘chirishni so‘ragan, ammo saudiyaliklarga rad javobi berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter