Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport tarixida eng ko‘p pul ishlagan sportchilar aniqlandi (top-10)

Sport tarixida eng ko‘p pul ishlagan sportchilar aniqlandi (top-10)

Foto: Wikimedia, Facebook/Cristiano Ronaldo

Sportico nashri tarixdagi eng ko‘p pul ishlagan sportchilar (top-50) reytingini e’lon qildi.

Amerikalik basketbol afsonasi, 62 yoshli Maykl Jordan ushbu ro‘yxatni boshqarmoqda. NBA olti karra chempionining umumiy daromadi 3,8 mlrd dollar (yoki inflyasiyani hisobga olganda 4,15 mlrd dollar)ni tashkil etgan.

Ikkinchi — golf qiroli Tayger Vuds (1,91 mlrd / inflyasiya hisobga olinganda 2,79 mlrd dollar), uchinchi — Krishtianu Ronaldu (1,83 / 2,23 mlrd dollar).

Top-10: (inflyasiya hisobga olingan):

  1. Maykl Jordan — $4,15 mlrd (basketbol)
  2. Tayger Vuds — $2,79 mlrd (golf)
  3. Krishtianu Ronaldu — $2,23 mlrd (futbol)
  4. Lebron Jeyms — $1,88 mlrd (basketbol)
  5. Lionel Messi — $1,85 mlrd (futbol)
  6. Arnold Palmer — $1,82 mlrd (golf)
  7. Jek Niklaus — $1,75 mlrd (golf)
  8. Devid Bekhem — $1,61 mlrd (futbol)
  9. Rojer Federer — $1,59 mlrd (tennis)
  10. Floyd Meyvezer — $1,52 mlrd (boks).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring