Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu klublar miqyosidagi 800-golini kiritdi

Ronaldu klublar miqyosidagi 800-golini kiritdi

Foto: Stringer/Reuters

Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi turida «An-Nasr» «Al-Fotih»dan mag‘lubiyatga uchradi.

«Al-Fotih» maydonida o‘tgan o‘yin 3:2 hisobida yakunlandi. «An-Nasr» o‘yin davomida Krishtianu Ronaldu va Sadio Manening gollari hisobiga oldinga chiqib oldi, biroq mezbonlar javob gollarini ko‘p kuttirishmadi, «Al-Fotih» g‘alaba golini qo‘shib berilgan 6-daqiqada kiritdi.

Ronaldu shu o‘yinda «An-Nasr»dagi 100-golini va klublar miqyosidagi 800-golini nishonladi. Shuningdek, u 25 ta gol bilan mamlakat Pro-ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, bu uning Saudiya Arabistonidagi ketma-ket ikkinchi «Oltin butsa»si.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring