Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmaydi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmaydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.
«Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmasligim deyarli hal bo‘ldi. Takliflar ko‘p tushdi. Muzokaralar, muloqotlar o‘tkazildi. Biroq yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolni ham o‘ylash kerak», — Ronalduning so‘zlarini keltirdi jurnalist.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter