Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uxan sirlari» ochiladimi?

«Uxan sirlari» ochiladimi?

Foto: «RIA Novosti»

Xitoyning Uxan shahrida ikki hafta ishlab qaytgan JSST ekspertlari to‘liq hisoboti 15-martdan keyin e’lon qilinadi. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Hujjatlar tashkilotga a’zo-mamlakatlarga taqdim etiladi, deya aniqlik kiritdi Gebreyesus.

Eslatib o‘tamiz, JSST shafe’ligi ostidagi bir guruh xalqaro olimlar 14-yanvar kuni Uxan shahriga yetib borishgan va ikki hafta davomida tadqiqotlar o‘tkazishgan.

JSST Uxanga yuborgan olimlar daniyalik Piter Ben Embarek boshchiligida ishlashgan. Xitoy tashkilot missiyasini COVID-19 tarqalganidan so‘ng bir yil o‘tib kiritishga rozilik bergandi.

Missiyadan keyingi dastlabki berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusning kelib chiqishi hayvon omiliga borib taqaladi, virus laboratoriyada yaratilgan degan taxminlar esa «kelgusida o‘rganishga arzimaydi», deb yozmoqda «The New York Times». JSST ekspertlari Xitoy hukumatidan COVID-19ning eng erta yuqtirilishi holatlari bo‘yicha ma’lumotlarni olisha olmagan. Xitoy bu boradagi ma’lumotni berishdan bosh tortgan, deb yozadi «The Wall Street Journal».

Shuning uchun ham ayrim ekspertlarning missiyadan ko‘ngli to‘lmagan, yangisini yuborish kerak, degan talabni ilgari surishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, birinchi tarqalgan va eng ommalashgan xabarlarga ko‘ra, Uxan — koronavirus infeksiyasining ilk o‘chog‘i. Infeksiya hayvonlar sotiladigan bozordan tarqalgan. Olimlarga ko‘ra, koronavirus ko‘rshapalaklar orqali tarqalgan.

To‘liq hisobot chiqqunicha bir narsa deyish qiyin, har holda birinchi missiya birinchi taxminlardan ortiq narsa bilan qaytganga ham o‘xshamaydi, hozircha...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring