Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir mamlakat JSSTni tark etmoqda

Yana bir mamlakat JSSTni tark etmoqda

Argentina prezidenti Xavyer Miley mamlakatni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)dan chiqarishga buyruq berdi. Bu haqda hukumat rasmiy vakili Manuel Adorni ma’lum qildi.

«Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, Argentina prezidenti Xavyer Miley tashqi ishlar vaziri Herardo Verteynga Argentinani Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — dedi Adorni matbuot anjumanida.

Argentina JSSTni tark etishiga birinchi navbatda COVID-19 pandemiyasi davrida sanitariya siyosati borasida yuzaga kelgan keskin kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida AQSh JSSTni tark etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring