Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda tamaki iste’moli qisqardi — JSST

Jahonda tamaki iste’moli qisqardi — JSST

Illyustrativ foto

JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus 78-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining ochilishida ma’lum qilishicha, tashkilotning tamakiga qarshi kurash bo‘yicha Hadli konvensiyasi 20 yil avval kuchga kirganidan buyon dunyo bo‘ylab chekuvchilar ulushi uchdan bir qismga qisqardi.

«Konvensiya sharofati bilan bugun tamaki chekuvchilar soni odatdagidan 300 mln nafar kamroq», — dedi Gebreyesus.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki inson salomatligiga qarshi eng jiddiy tahdidlardan sanaladi. Tamaki o‘z iste’molchilarining deyarli yarmini o‘ldiradi. Tamaki iste’moli har yili 8 milliondan ortiq kishining o‘limiga olib kelyapti, ulardan 7 milliondan ko‘prog‘i kashandalar yoki sobiq chekuvchilar, 1,2 milliondan ortig‘i chekmaydiganlar, ya’ni ikkilamchi tamaki tutunidan zaharlanganlar.

Ta’kidlanishicha, tamaki iste’molining barcha shakllari salomatlikka ziyon, tamakining zararsiz dozasi bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring