Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metapnevmovirus borasidagi xavotirlar o‘rinsiz — JSST

Metapnevmovirus borasidagi xavotirlar o‘rinsiz — JSST

Foto: Rosminzdrav.ru

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) inson metapnevmovirusi (HMPV) tarqalishini sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda vaziyat e’lon qilish uchun yetarli sabab deb hisoblamaydi.

Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus bilan telefonda suhbatlashgan Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto bayonot berdi.

Ma’lumki, Xitoyda HMPV virusi tarqala boshlagach, ko‘pchilik tashvishga tushib qolgandi. JSST rahbari virus tashkilot mutaxassislari tomonidan yaxshi o‘rganilgani va mavsumiy xususiyatga egaligi, vaqti-vaqti bilan turli mamlakatlarda, ayniqsa, qish oylarida qayd etilishini bildirgan. Shu bois JSST bu virus tarqalgani uchun qandaydir favqulodda choralar qo‘llashdan ma’no yo‘q deb hisoblaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring