Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fitch Ratings» «O‘zmilliybank» AJ barqarorlik reytingini «b+»ga oshirdi

«Fitch Ratings» «O‘zmilliybank» AJ barqarorlik reytingini «b+»ga oshirdi

«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda «Fitch» deb yuritiladi) «O‘zmilliybank» AJ barqarorlik reytingini «b» dan «b+»ga ko‘tardi hamda xorijiy va milliy valyutalardagi uzoq muddatli «emitent defolt» reytingini (EDR) «Barqaror» prognozi bilan «BB-» darajasida tasdiqladi. Bu esa 2021 yildan boshlab bank faoliyati muvaffaqiyatli o‘zgarganligi  hamda bank moliyaviy operatsiyalarining ishonchliligining yana bir dalilidir.

Fitch agentligining tahliliy hisobotida qayd etilishicha, «O‘zmilliybank» AJ barqarorlik reytingining «b+» darajasiga ko‘tarilishi, birinchi navbatda, bankning O‘zbekiston bozoridagi ustunlik darajasi, barcha moliyaviy davrlarda aktivlarning doimiy turg‘un sifati va barqaror kapitallashuvi bilan bog‘liq.

Shuningdek, Fitch agentligi «O‘zmilliybank» AJning tijorat foydasiga yo‘naltirilgan biznes-model strategik yo‘nalishi samarasi rentabellik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, «O‘zmilliybank» AJ davlat banki sifatida 2023 yil davomida ham yirik investitsiya loyihalarini, ham kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, yangi chakana mahsulotlarni joriy etish orqali chakana segment kreditlari ulushini oshirish hisobiga o‘z kredit portfelini faol oshirdi. Bularning barchasi Fitch’ning joriy reyting hisobotida ijobiy baholangan.

Bundan tashqari, bankning moliyaviy barqarorligi va operatsiyalari ishonchliligi yana bir bor Fitch tomonidan «Barqaror» prognozi bilan berilgan «BB-» darajasida EDR reytingida tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring