Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fitch Ratings» «O‘zmilliybank» AJ barqarorlik reytingini «b+»ga oshirdi

09/04, 15:39

«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda «Fitch» deb yuritiladi) «O‘zmilliybank» AJ barqarorlik reytingini «b» dan «b+»ga ko‘tardi hamda xorijiy va milliy valyutalardagi uzoq muddatli «emitent defolt» reytingini (EDR) «Barqaror» prognozi bilan «BB-» darajasida tasdiqladi. Bu esa 2021 yildan boshlab bank faoliyati muvaffaqiyatli o‘zgarganligi hamda bank moliyaviy operatsiyalarining ishonchliligining yana bir dalilidir.