
O‘zbekiston zargarlik sanoati yangi bosqich sari: «Uzbek Jewellery Fair – 2025» xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
Bugun poytaxtimizda «Uzbek Jewellery Fair – 2025» xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz hamda dunyoning qator davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, sohaning yetakchi mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Milliy banki «TalabaExpo-2025» kasb yarmarkasida ishtirok etishga taklif etadi
21-23 may kunlari Toshkentdagi «Zakovat Arena»da yirik kasb yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

«O‘zmilliybank» qovun-tarvuz yetishtirish va eksportni rivojlantirish bo‘yicha muhim tadbir o‘tkazdi
«Mirzacho‘l-Agro Star» loyiha ofisi hamda «O‘zmilliybank» AJ boshqaruv rahbariyati Jizzax viloyati hokimligi, Markaziy bank, Savdo sanoat palatasi, ilmiy tadqiqot institutlari bilan birga Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tadbirkor va fermerlar ishtirokida O‘zbekistonda «Qovun-tarvuz yetishtirish va eksportni rivojlantirish» mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.

«O‘zmilliybank» AJ: qadriyatlarga sadoqatlimiz
Milliy liboslarimiz har qanday yoshda ham xotin-qizlarimizga o‘zgacha ko‘rk va joziba baxsh etadi. Shu bois tabiatning bor ranglarini o‘zida mujassam etgan atlasu adras matolari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, bahoriy kayfiyat uyg‘otadi.

«O‘zmilliybank» AJ va XDTB 2 milliard yuanga teng kelishuv imzoladi
2025 yilning 25 aprel kuni Pekin shahrida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ («O‘zmilliybank» AJ) va Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki (XDTB) o‘rtasida 2 milliard yuan (274 million dollar ekvivalenti) miqdorida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Milliy liboslar - qadriyatlarimiz timsoli
Umriboqiy an’analar millat bardavomligi kafolatidir. Aynan qadriyatlar ajdodlar zanjirini avlodlarga tutashtiruvchi mustahkam ko‘prik deyish mumkin.

O‘zbekiston Milliy banki Olmaliq shahrida yangi bank xizmatlari markazlarini ochmoqda
O‘zbekiston Milliy banki aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda ularning qulayligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda, Olmaliq shahrida yangi bank xizmatlari markazlari ochilmoqda, bu esa hududning moliyaviy infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Unutilgan milliy zeb-ziynatlar ko‘rgazmasi boshlandi
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida qashqadaryolik zargar Sharifjon Raupov ijodiga bag‘ishlangan «Unutilgan tumor izidan» nomli ko‘rgazma ochildi.

«Fitch Ratings» «O‘zmilliybank» AJning barqarorlik reytingini «b+» darajasiga oshirdi
«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda – «Fitch») «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ (keyingi o‘rinlarda – «O‘zmilliybank» AJ)ning barqarorlik reytingini «b» dan «b+» darajasiga ko‘tardi. Emitentning xorijiy va milliy valyutalardagi uzoq muddatli defolt reytingi «Barqaror» prognozi bilan «BB-» darajasida tasdiqlandi.

«O‘zmilliybank» AJ zargarlik sohasini rivojlantirish borasida Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan bir qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Ularga muvofiq «O‘zmilliybank» AJning «NBU Invest Group» AJ kompaniyasi tomonidan Turkiyaning «Pala Golden Jewellery» kompaniyasi bilan Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.