Emmanuel Makron O‘zbekistonga kelmoqda
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng 2 noyabr kuni O‘zbekistonga boradi. Bu haqda Yelisey saroyiga tayanib, AFP xabar berdi.
«Fransiya bu ikki davlatni islohot va modernizatsiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga, xalqaro munosabatlarni diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shishga, ularning mustaqilligi va suverenitetini, shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor», — deyiladi xabarda.
Yelisey saroyi Qozog‘iston va O‘zbekistonni Fransiyaga yaqinlashtirishdan maqsad «iqtisodiy sohada, xususan energetika sohasida, muhim materiallar yetkazib berish, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sohalarida hamkorlik qilish» ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi bayrami tabrigida Makron O‘zbekistonga borishi haqida ma’lum qilgandi. Bundan avval, 2022 yil noyabrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga borgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter