Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makronning harakati Hindiston bosh vazirini noqulay ahvolga soldi

Makronning harakati Hindiston bosh vazirini noqulay ahvolga soldi

Parijda bo‘lib o‘tayotgan sun’iy intellekt bo‘yicha AI Action xalqaro sammitida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan qo‘l berib ko‘rishmadi. Janob Modi Fransiyaga uch kunlik rasmiy tashrif bilan kelgandi.

Mehmonlarni qutlash chog‘ida Emmanuel Makron, shuningdek, AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bilan salomlashdi. Fransiya prezidenti Narendra Modining cho‘zilgan qo‘liga e’tibor bermagan. Sammitning translyasiyasi Accosiated Pressʼning Youtube kanalida chop etildi.

Konferensiyada Narendra Modi sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha o‘qitishga sarmoyani ko‘paytirishga chaqirdi. AI Action 2025 ni tashkil etgan fransuz tomoni kelgusi yil sammitga Hindiston mezbonlik qilishini tasdiqladi.

Narendra Modi 10-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Fransiyaga tashrifidan maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bo‘lishini aytdi. Sayohat davomida Modi va Emmanuel Makron Fransiyaning Marsel shahrida Hindiston konsulligini ochishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring