Britaniyada bir daqiqada uyni tunashdi
Buyuk Britaniyaning Janubiy Yorkshir grafligi Sheffild shahrida jinoyatchilar uyga o‘g‘rilikka kirib, u yerdan plazmali televizorni olib chiqib ketishdi. Buning uchun ularga bir daqiqa kifoya qildi, deb yozadi «The Sun».
Tabloid saytida yo‘lovchilar tomonidan tasvirga olgan video joylangan. Unda yigitlardan biri derazaning tepa qismidan uyga kirgani, uning sherigi esa tashqarida stul bilan kutib turgani muhrlangan. Ma’lum vaqtdan so‘ng ular televizorni deraza orqali chiqarib olib, voqea joyidan yashirinishdi.
Janubiy Yorkshir aholisi koronavirus pandemiyasi davrida graflikda ahvol yomon tomonga o‘zgarganini aytishmoqda. Shahar ko‘chalarida bazmu jamshidlar uyushtirilib, janjal va tartibsizliklar bilan tugamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter