Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilni sanksiyalar qo‘llash bilan ogohlantirdi

Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga G‘azodagi harbiy harakatlarni to‘xtatmas ekan, unga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ular Isroilning gumanitar yordam kirishini cheklayotganini tanqid qilib, ushbu cheklovlar bekor qilinmasa va hujumlar to‘xtatilmasa, keskin choralar ko‘rilishini bildirishdi.
«Biz zarur bo‘lsa, sanksiyalar kabi keyingi choralarni ikkilanmasdan qabul qilamiz», — deyiladi uch davlatning qo‘shma bayonotida.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa, G‘azodagi amaliyotlar to‘xtamasligini aytdi. Unga ko‘ra, Isroil o‘zini «adolatli» yo‘l bilan himoya qilmoqda va to‘liq g‘alabaga erishmaguncha harakatlar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter