82 yoshli Xayao Miyazakining yangi loyihasi yoxud uning ajoyib multfilmlari bizga nimani o‘rgatadi?
Ghibli studiyasining prodyuseri Toshio Suzuki afsonaviy 82 yoshli animatsion rejissyor Xayao Miyazaki yangi multfilm ustida ish boshlaganini aytdi. Ammo ilgari uning «Bola va qush» filmi so‘nggi animatsion film bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.
Prodyuserning so‘zlariga ko‘ra, Miyazaki 90 yoshga to‘lgunga qadar multfilm yaratmoqchi.
«Men endi uni to‘xtata olmayman va bundan voz kechdim. Agar u muvaffaqiyatsiz film suratga olayotgan bo‘lsa ham, uni rad etishga boshqa urinmayman. Hayotda uni faqat ish hayratga soladi», — dedi Toshio.
Eslatib o‘tamiz, yapon animatori Miyazaki eng yaxshi animatsion film uchun Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Uning multfilmlarini nima uchun butun dunyo sevib tomosha qiladi, degan savolga lifehacker.ru nashri o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi...
Sababi uning multfilmlari nafaqat anime muxlislariga, balki orzu qilishni va eng yaxshisiga ishonishni hali unutmaganlarga ham juda yaqin va tushunarli. Miyazaki hikoyalari ko‘pincha oddiy, ammo ularning har biri o‘ylantiradi va o‘rganishga undaydi. Zero, rejissyor har bir hikoyasiga o‘z his-tuyg‘ularini, kechinmalarini ko‘chiradi.
Insoniyat va tabiat
Miyazaki o‘zining ilk asarlarida ushbu mavzuga murojaat qildi. «Shamol vodiysining Naushikasi» multfilmida dunyo ekologik falokat yoqasida ekanligini tomoshabinga anglatishga harakat qiladi – odamlar sayyorani ham, o‘zlarini ham yo‘q qilishlarini payqamay, bir-birlari bilan raqobatlashishda davom etmoqda.
Rejissyor kelajakda tabiat bilan osoyishta hayot bir lahzalik tashvishlardan ko‘ra muhimroq ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.
Insoniyat sayyorani ekologik falokatga olib kelganidan so‘ng, yer zaharli o‘rmonlar va ulkan hasharotlar bilan to‘lgan. Ular bilan faqat shamollar vodiysining merosxo‘ri Naushika muloqot qilishi mumkin.
Yana bir multfilm «Malika Mononoke» ham tabiat haqida.
Yosh shahzoda Ashitaka jin chalgan cho‘chqani o‘ldiradi va gunohga botadi. La’natdan qutulish uchun u xavfli sayohatga chiqadi. Ashitaka beixtiyor inson va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik ishtirokchisiga aylanadi: Temir shaharlik Eboshi xonim qadimiy o‘rmonni kesib tashlamoqda, hayvonlar va ruhlar hatto jonlari evaziga uni to‘xtatishga harakat qilmoqdalar.
Eboshi xonim obrazida Miyazaki pul topish uchun tabiat va boshqalarning hayotini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan tipik tadbirkorni gavdalantirgan.
Mo‘’jiza va ishonch
Muallif bizni mo‘’jizalarga ishonishga undaydi, chunki biz yashayotgan olamda noma’lum narsalar ko‘p. Va birinchi navbatda, xavfli bo‘lsa ham, yangi narsalarni kashf qilishdan qo‘rqmaslik kerak.
«Mening qo‘shnim Totoro» xuddi ana shu mo‘’jizalarga boy multfilm.
Kichik opa-singillar Satsuki va Mei otalari bilan qishloqqa ko‘chib ketishadi. Tez orada ular o‘rmon ruhi Totoro va uning kichik yordamchilari bilan uchrashadilar. Totoro, garchi ulkan bo‘lsa ham, juda mehribon. U tezda qizlar bilan til topishadi, o‘rmon bo‘ylab sayohat qiladi, keyin esa kasal onasini ko‘rishga yordam beradi.
Ushbu multfilmda «yashil» mavzu ham mavjud. Totoro o‘rmonni himoya qiladi va g‘azablanganda juda qo‘rqinchli ko‘rinadi. Lekin baribir, hikoya ko‘proq oddiy va mehribon ertakni eslatadi. Qahramonlarning otasi ham ruhlarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, shuning uchun nafaqat bolalar, kattalar ham mo‘’jizalarga ishonishadi.
Sizga hamma narsa kerak
Siz doimo orzularingizga ergashishingiz va o‘zingiz yoqtirgan narsani qilishingiz kerak – animatorning yana bir g‘oyasi mana shu shiorga qaratilgan.
Miyazaki bolaligidan samolyotlar va boshqa uchuvchi mashinalarga qiziqqan. Shuning uchun multfilmlarida juda ko‘p hikoyalar parvozga bag‘ishlangan.
«Osmondagi Laputa qal’asi» multfilmida kichik Sita hukumat agentlari va qaroqchilar tomonidan ta’qib qilinadi. Axir, uning uchuvchi toshi bor, u bilan afsonaviy Laputa orolini topish mumkin. Ta’qibchilardan yashiringan Sita konchilar shahridan yosh Pazu bilan uchrashadi. Bola esa qochoqqa yordam berishga qaror qiladi.
Hikoya Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari» asarining uchib yuruvchi orol haqidagi qismlaridan biriga asoslangan.
«Shamol kuchayib bormoqda»
Jiro bolakay har doim uchishni orzu qilgan, ammo u ko‘zida nuqsoni borligi tufayli uchuvchi bo‘la olmadi. Keyin u butun hayotini samolyotlarni loyihalashga bag‘ishlaydi. Bolakay ko‘p umidsizlik va sinovlarni boshdan kechirsada, intilishlari o‘z mevasini beradi.
Bu hikoya qisman real hayotdagi samolyot dizayneri Jiro Xorikoshining hayotiga asoslangan. Ammo shunga qaramay, multfilm qahramonining tarjimai holining aksariyati xayoliydir. Bu shunchaki orzular va parvozlar haqidagi hikoya.
Urush va tinchlik mavzusi
Hayao Miyazaki – tinchlikparvar. U Yaponiya hukumatini Ikkinchi jahon urushidagi roli uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqirdi va keyinroq AQSh Iroqni bombardimon qilgani uchun Oskar mukofotini topshirishdan bosh tortdi. U o‘z asarlarida urush omon qolganlarni nogironga aylantirishini va hatto yaxshi odamlarni dahshatli xatti-harakatlar qilishga undashini ko‘rsatishga harakat qiladi.
«Yuradigan qal’a»
Yosh Sofi chiroyli sehrgarni sevib qoldi. Va tez orada u hatto uning harakatlanuvchi qal’asiga kirib qoladi. Ammo muammo shundaki, Cho‘lning yovuz jodugari qizni kampirga aylantirdi. Endi Sofi o‘z sevgilisi uchun farrosh bo‘lib ishlaydi va bu vaqtda u qo‘shni davlat bilan urushni to‘xtatishga harakat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter