Shahram G‘iyosovning jangi 4 raunddayoq nihoyasiga yetdi

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga argentinalik Franko Maksimiliano Okampo raqiblik qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda o‘z yakuniga yetdi. Ushbu raund davomida Shahramning ketma-ket zarbalari ta’sirida referi hisobni ochdi. Bu vaqtda raqib o‘ziga kela olmadi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Shahram jangning 1-raundida ham raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ygandi.
Shu tariqa, Shahram prof boksdagi 17-jangida 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Endi G‘iyosov Ennis - Staniosis to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi WBA va IBF kamari uchun jang o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter