Farg‘ona yo‘li ko‘chasining yana bir qismi ta’mirlash uchun yopilmoqda
Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida ushbu ko‘chaning Jarqo‘rg‘on va Munis qo‘chalari oralig‘idagi qismi 15-noyabrga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Shuningdek, ushbu ko‘chaning Jarqo‘rg‘on va Qo‘yliq ota qo‘chalari oralig‘idagi qismi 5 noyabr soat 00:00 dan 15-noyabrga qadar avtomobillar harakati uchun yopiladi.
«Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanishni tavsiya etamiz» - , deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq, 20-oktyabrdan 8-noyabr kuniga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga («Panelniy» mavzesi) o‘tish va qaytish (yo‘lning har ikki qatnov qismi) yopiq bo‘lishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter