Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri aholisi ogohlantirildi

Toshkent shahri aholisi ogohlantirildi

Poytaxt FVB kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi. 

 Toshkent shahri hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilingan: 

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish; 

-ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik; 

- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish; 

- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish; 

- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi; 

 Shu o‘rinda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring