Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar davlat soliq xizmati poytaxt bozorlarida monitoring o‘tkazdi

Toshkent shahar davlat soliq xizmati poytaxt bozorlarida monitoring o‘tkazdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringga ko‘ra,  O‘rikzor, Chilonzor buyum bozori, Qatortol savdo kompleksi va Chorsu bozorlarida 127 holatda to‘lov terminallaridan foydalanmaslik, 104 holatda nazorat kassa mashinalarini ishlatmaslik, 77 holatda hujjatsiz faoliyat yuritayotganligi va 3 holatda iste’molchilarga sifatsiz mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar qildi. 

Monitoring davomida naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirmaslik, nazorat kassa mashinasini nosoz holatga keltirish, fiskal xotiradagi ma’lumotlarni qasddan o‘zgartirish, nazorat kassa mashinalarini yo‘qotish orqali tovar aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni soxtalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirilmoqda.

O‘rikzor bozorida 13 nafar tadbirkorning faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj (ko‘zdan kechirish) tadbirida joriy yil yanvar oyining o‘tgan 20 kunida o‘rtacha tushum 14,6 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, o‘rganish kunida bir kunlik tushum 112,5 mln. so‘mni ya’ni, oldingi kunlarga nisbatan qariyb 8 baravarga oshdi. Masalan, ushbu hududda savdo faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Salimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bank kassasiga kuniga o‘rtacha 551,1 ming so‘m savdo puli topshirib kelgan bo‘lsa, xronometraj ko‘zdan kechirish tadbiri o‘tkazilgan kuni tushum 8030,3 ming so‘mni tashkil etib, oldingi kunlarga nisbatan 15 baravarga oshgan.

To‘lov terminali va nazorat kassa mashinalarini belgilangan tartibda ishlatmaganlik uchun Soliq kodeksining 119-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining 30 baravaridan 50 baravarigacha, to‘lov terminali orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etish eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida hamda Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, savdodan tushgan naqd pul mablag‘larini bank kassalariga topshirmaslik, yashirilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima hamda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, deb baholanadi.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan bu kabi monitoringlar yana davom ettirilishi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring