
Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi
Joriy yil 18-aprel kuni qabul qilingan Prezidentning PF-67-son farmoni bilan 2025-yil 1-oktyabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.

Mirziyoyev: «Tushumni ko‘paytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan bo‘lmasligi kerak»
Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan yana bir masalaga to‘xtaldi.

Sirdaryo viloyatiga bosh soliqchi tayinlandi
Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Tavboyev Suhrob To‘rabek o‘g‘li tayinlandi.

Firibgarlikda ayblangan soliq katta inspektori oqlandi
U bir yil muddatda davlat tashkilotlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan.

San’atkorlardan 2027-yildan boshlab daromad solig‘i majburiy undiriladi
2027-yil 1-yanvardan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy tartibda undiriladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

O‘tgan yili davlat budjetiga qariyb 200 trln so‘m soliq to‘plangan
Bu haqda Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Fevral oyida 87 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab berildi
O‘zbekistonda 2025-yilning fevral oyida iste’molchilarga 116,4 mln chek uchun 86,9 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langan.

Qarshida soliq bosh inspektori firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahar Soliq inspeksiyasining soliq ma’murchiligi sho‘’basi bosh inspektori firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi.

TEMU O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Wildberries O‘zbekistonga 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
Wildberries («RVB» MChJ, Rossiya rezidenti) marketpleysining O‘zbekistondagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi.