«Hisor» qo‘riqxonasida noyob silovsin kameraga tushdi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasi G‘ilon bo‘limi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi. Qo‘mita holat videosini taqdim etgan.
Turkiston silovsini O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi.
G‘arbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko‘hitang) tog‘ tizmalarining baland qismida yashaydi. O‘zbekistondan tashqarida: Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, G‘arbiy Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonda uchrashi aniqlangan.
Turkiston silovsini Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter