Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hisor» qo‘riqxonasida noyob silovsin kameraga tushdi

«Hisor» qo‘riqxonasida noyob silovsin kameraga tushdi

Videodan kadr.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasi G‘ilon bo‘limi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi. Qo‘mita holat videosini taqdim etgan.

Turkiston silovsini O‘zbekiston Respublikasi va xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi.

G‘arbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Ko‘hitang) tog‘ tizmalarining baland qismida yashaydi. O‘zbekistondan tashqarida: Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, G‘arbiy Xitoy, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonda uchrashi aniqlangan.

Turkiston silovsini Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring