Qashqadaryoda 43 mln so‘mdan oshiq jarimani to‘lamay yurgan haydovchi ushlandi

Qashqadaryo viloyatida 74 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan qarzdor fuqaroning qidiruvdagi avtomobili ushlandi.
Byuro organlari hamda YHXB tomonidan o‘tkazilgan "Auto Con" tadbirlari doirasida 74 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzib, jami 43,4 million so‘m qarzdorlikni to‘lamagan fuqaro A.U.ga tegishli, qidiruvda bo‘lgan "Lacetti" rusumli avtotransport vositasi topildi.
Mazkur transport vositasi belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
"Hurmatli fuqarolar! Qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida bunday tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib boriladi", deyiladi Qashqadaryo viloyati Yo‘l harakati xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter