Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlatga xoinlikda ayblanayotgan rus olimi vafot etdi

Davlatga xoinlikda ayblanayotgan rus olimi vafot etdi

Sankt-Peterburg Arktika jamiyati fanlar akademiyasining prezidenti, professor Valeriy Mitko 81 yoshida vafot etdi.

Professor Xitoy foydasiga davlatga xoinlik qilganlikda ayblanayotgan edi.

Mitko 2020-yil fevralida hibsga olinib, uy qamog‘iga tashlangandi. Tergov ma’lumotlarida u davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni «josuslik topshirig‘i» asosida to‘plab yurgani va 2018-yilda Xitoyga borganida u yerdagi maxsus xizmatlarga topshirgani aytiladi.

Professor Mitko gidroakustika bo‘yicha yetakchi rus olimlaridan bo‘lgan, Xitoyning Dalyan universitetiga ma’ruza o‘qishga borganida, jomadonida suvosti kemalarining chizmalarini (ularning orasida rus submarinalari ham bo‘lgan) olib ketganlikda ayblangan.

O‘ziga qarshi surilgan ayblovni rad etgan olim suvosti kemalari haqidagi ma’lumotlarni ma’ruzada ishlatish uchun internetdan olganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring