Sukerbergning Threads ilovasi Yevroittifoqda bloklandi
Mark Sukerbergning Meta kompaniyasiga tegishli va Twitter platformasiga raqobatchi deb qaralayotgan Threads ilovasi Yevropa ittifoqi davlatlarida bloklandi.
Endi yevropalik foydalanuvchilar VPN xizmatlari orqali ham ushbu ilovadan foydalana olmaydilar.
Yevropa ittifoqi qonunlariga ko‘ra, kompaniyalar shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash zaruriyatini qonuniy asoslashlari kerak bo‘ladi. Threads bilan esa bu qiyin masala. Chunki bu dastur nafaqat kontaktlarni, balki ko‘rish va qidiruv tarixi, joylashuv hamda to‘lov ma’lumotlari kabilarni to‘playdi.
Shuningdek, platformadagi akkauntni o‘chirish uchun Instagram akkauntni ham o‘chirishga to‘g‘ri keladi.
Ilova hozirda yuzdan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya va AQShda o‘z foydalanuvchilariga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter