Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sukerbergning Threads ilovasi Yevroittifoqda bloklandi

Sukerbergning Threads ilovasi Yevroittifoqda bloklandi

Mark Sukerbergning Meta kompaniyasiga tegishli va Twitter platformasiga raqobatchi deb qaralayotgan Threads  ilovasi Yevropa ittifoqi davlatlarida bloklandi.

Endi yevropalik foydalanuvchilar VPN xizmatlari orqali ham ushbu ilovadan foydalana olmaydilar.

Yevropa ittifoqi qonunlariga ko‘ra, kompaniyalar shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash zaruriyatini qonuniy asoslashlari kerak bo‘ladi. Threads bilan esa bu qiyin masala. Chunki bu dastur nafaqat kontaktlarni, balki ko‘rish va qidiruv tarixi, joylashuv hamda to‘lov ma’lumotlari kabilarni to‘playdi.

Shuningdek, platformadagi akkauntni o‘chirish uchun Instagram akkauntni ham o‘chirishga to‘g‘ri keladi.

Ilova hozirda yuzdan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya va AQShda o‘z foydalanuvchilariga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring