Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga Hilola Umarova rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi.
Hilola Umarova bunga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Sarvar Boboxo‘jayev TATU rektori etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter