O‘zbekiston prezidenti Vatan himoyachilarini bayram bilan tabrikladi
Hech shubhasiz, mard va olijanob xalqimiz o‘zining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq bo‘lib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan sizlar kabi zabardast farzandlari — bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan haqli ravishda faxrlanadi.
Prezident bugun bir qator muassasalarga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun Toshkent shahridagi bir qator muassasalarga tashrif buyurishi kutilyapti.
Vatan himoyachilari mukofotlandi — Prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.
Prezidentning Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Bugun Vatan himoyachilari kuni — bayramimiz tarixi
1992 yilning 14 yanvarida O‘zbekiston Parlamenti mamlakat hududidagi barcha harbiy qismlar, texnikalar va harbiy ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa O‘zbekiston Qurolli kuchlariga poydevor qo‘yildi.
Chirchiqda harbiy parad bo‘lib o‘tdi (foto)
Chirchiq dala o‘quv maydonida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev: «General bo‘lish har bir harbiyning muqaddas orzusi»
Marosimda Qurolli Kuchlar safida va davlat idoralarida ko‘p yillardan buyon munosib xizmat qilib kelayotgan harbiylar va rahbar xodimlarning bir guruhiga general unvonlari berilishi ma’lum qilindi.
Buxoroda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Buxoro harbiy-ma’muriy sektor rahbari, viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Toshkentda «Balli yigitlar» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi (foto)
Jamoalar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonligi, notiqlik san’ati, zukkoligi, epchilligi, san’at borasidagi mahorati, noodatiy vaziyatlarda tezkorlikda to‘g‘ri qaror qabul qilishi bo‘yicha baholandi.
Prezident huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarni mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va harbiy xizmatchilardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Farmonni imzoladi.
Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi.
«Xalqlar do‘stligi»da vatanparvarlik festivali boshlandi
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festivallar 11, 12, 13 va 14 yanvar kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar o‘tkaziladi.
Taqdirlash marosimidan reportaj: beshta noutbuk kimlarga nasib etdi?
Bugun ana shu tanlovda g‘alaba qozongan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir «UZMOBILE» milliy kompaniyasi Bosh binosida o‘tkazildi. G‘oliblarga va’da qilinganidek, noutbuk jamlanmasi hamda estalik sovg‘alari topshirildi.
Tanlov natijalari: Uchinchi yo‘nalish bo‘yicha g‘olib aniqlandi
Eng muhimi, tanlov bahonasida Qurolli kuchlarimiz, harbiylar sha’niga iliq so‘zlar, bayram tabriklari ulashildi.
Tanlovimiz natijalari: birinchi yo‘nalish bo‘yicha g‘olib aniqlandi
Foydalanuvchilar tomonidan tanlovga oid post 500 dan ortiq layk yig‘di, 500 dan ortiq izoh qoldirildi, 500 martaga yaqin ulashildi. Feysbuk foydalanuvchilari Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab bir-biriga o‘xshamagan, o‘ziga xos tabriklar va tilaklar bildirishdi.
Vatan qahramonlarini unutmaydi: Chori Rajabov qanday qahramonlik ko‘rsatgan edi? (video)
2000 yilning-iyul-avgust oylarida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida ro‘y bergan voqealar hali yurtdoshlarimizning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. O‘shanda bir guruh jangarilar Tojikiston orqali O‘zbekiston chegarasini buzib o‘tgan, o‘rtada qonli to‘qnashuvlar yuz bergandi. Ikki oycha davom etgan janglarda vatanimizning bir qancha mard, dovyurak yigitlari qahramonlarcha halok bo‘lgandi. Shulardan biri katta leytenant Chori Rajabov edi.
Tanlovning 7-kuni: bugun qanday natijalar qayd etildi?
Tanlovning ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kunlik natijalar ma’lum qilib borilmoqda. 2018-yilning 15-yanvari soat 22:00 gacha bo‘lgan natijalar infografikada aks etgan.
«Instagram»da qayta tanlov o‘tkazilmaydi. Noutbuk burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oilasiga beriladi
5-noutbuk uchun boshqa bir tanlov tashkil etilmaydigan bo‘ldi. Bu safar ham g‘irromlik va qing‘irliklar bo‘lishi, natijalarga spam aralashishi mumkinligini inobatga olib, sovrinni zimmasidagi burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatning oilasiga taqdim etishga qaror qilindi.
«Twitter»da o‘tkazilgan tanlovimiz yakunlandi. G‘olib nomi ma’lum!
«Twitter»da o‘tkazilgan tanlovda Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Azizjon Ahmedov g‘olib deb topildi. Tasodifni qarangki, u zaxiradagi harbiy xizmatchi. Umrining 15 yilini Qurolli Kuchlarimiz safida o‘tkazgan, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan mardlardan.
Bugungi natijalar: «Instagram»dagi tanlov nega bekor qilindi?
Ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalangan holda milliy armiyamiz nufuzini oshirish, Qurolli Kuchlar safida konstitutsiyaviy burchini ado etayotgan yigitlarimiz, ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirimizda biz kutmagan va istamagan holatlar yuzaga keldi.
Saflan! Tekislan! Olg‘a bos!
Bugun eng sharafli bayram – Vatan himoyachilari kuni! Bugun tongdan ayolimiz, qizimiz shirin tabassum bilan bizni qutlashdi. Ko‘chada bizni tanigan, tanimagan ayollar, qizlar “Bayramingiz bilan!” deb salomlashmoqda. Farzandlarimiz sarhadlarimizni ishonch bilan qo‘riqlar ekan, biz to‘y qilamiz, tantana qilamiz, bayram qilamiz. Tinch elga bayramlar yarashadi. Ko‘ngildan esa, ko‘p gaplar o‘tayapti...
Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylarni mukofotladi
Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlandi:
Prezident aytganidek, 14 yanvar haqiqiy xalqona bayram bo‘lmoqda (video)
Ichki ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari namunali ko‘rgazmali harbiy orkestrining norg‘ul yigitlaridan iborat orkestrning vatanparvarlik ruhidagi marshi hammada qiziqish o‘yg‘otdi. Ko‘cha kuydagi yo‘lovchilar, ularni o‘z telefonlarida suratga oldilar, avtomobillar to‘xtab, haydovchilar harbiylarimizga qo‘l silkib qoldilar.
Tanlovimizda kim qanday natija ko‘rsatmoqda? (infografika)
Tanlovning ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida bugundan e’tiboran barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kunlik natijalar ma’lum qilib boriladi. 2018 yilning 11 yanvari soat 17:00 gacha bo‘lgan natijalar yuqoridagi infografikada aks etgan.
Tabrik uchun noutbuk! «Feysbuk»da yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklang va g‘olib bo‘ling!
«Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tabriklar uchun maxsus post tashkil etildi. Shu postda yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklab izoh yozib qoldiring. Ajamb emas omad aynan Sizga kulib boqsa!
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan fotosuratlar tanlovida qatnashing va noutbuk sohibi bo‘ling!
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar «Facebook»dagi sahifamiz yoki «Telegram»dagi «QK26 FOTOLAR» guruhiga tanlov uchun olingan suratlarni joylashlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari) kerak. Hakamlar hay’ati kelib tushgan suratlar orasidan eng chiroylisini aniqlaydi va uning muallifini g‘olib deb e’lon qiladi.
Tanlov! Beshta noutbukdan birini yutib oling!
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qiladi. Tanlov 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi va har bir yo‘nalish g‘olibi noutbuk bilan taqdirlanadi.