Tanlovning 7-kuni: bugun qanday natijalar qayd etildi?
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Tanlovning ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kunlik natijalar ma’lum qilib borilmoqda. 2018-yilning 15-yanvari soat 22:00 gacha bo‘lgan natijalar yuqoridagi infografikada aks etgan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, bugun ilk g‘olibimizni aniqladik. Tanlovning «Twitter»da o‘tkazilgan 2-yo‘nalishida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi Azizjon Ahmedov g‘olib deb topildi.
Tanlovning «Instagram»da o‘tkazilayotgan 5-yo‘nalishida ba’zi ishtirokchilar tomonidan g‘irromliklar kuzatilgani, aksariyat ishtirokchilarning natijalariga spam aralashgani, tanlovda halol qatnashayotganlarni aniqlashning imkoni bo‘lmay qolgani uchun qayd etilgan natijalarni bekor qilindi. Ortib qolgan noutbuk zimmasidagi burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatning oilasiga taqdim etiladi. Nomzod Mudofaa vazirligi tavsiyasiga ko‘ra aniqlanadi. Sarhadlarimiz daxlsizligi yo‘lida aziz jonini qurbon qilgan harbiylarimizning jasoratini har qancha qadrlasak arziydi. O‘ylaymizki, o‘quvchilarimiz va tanlovimiz ishtirokchilarilari ham bizni to‘g‘ri tushunishadi hamda qarorimizga hurmat ko‘rsatishadi.
Ertaga otasi harbiy burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining farzandlariga noutbukni topshirib kelamiz. Jarayondan foto va videoreportaj shaklida o‘quvchilar hukmiga havola etiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, tanlovning 2-yo‘nalishi g‘olibi bugun e’lon qilindi. «Twitter»da o‘tkazilgan mazkur tanlovda Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Azizjon Ahmedov g‘olib deb topildi.
Qolgan 3 ta yo‘nalish g‘oliblari esa 18-yanvar kuni soat 18:00 da e’lon qilinadi. Ishtirokchilaridan halol bo‘lishni, shartlarimizga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz. Aks holda ishtiroklari hisobga olinmaydi.
Xabarlarimizni kuzatib boring!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter