Prezident bugun bir qator muassasalarga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun Toshkent shahridagi bir qator muassasalarga tashrif buyurishi kutilyapti.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
So‘ng davlatimiz rahbari Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi va Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali faoliyati bilan tanishadi.
Shuningdek, Prezidentimiz Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 31 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter