Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Buxoroda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Buxoroda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan –muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Buxoro harbiy-ma’muriy sektor rahbari, viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida zamonaviy harbiy texnika, qurol-yarog‘ va malakali ofitser kadrlar bilan ta’minlangani, yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishga qodir milliy armiyamiz shakllantirilganini ta’kidladi.

O‘tgan bir yil ichida viloyatda 210 ta harbiylar oilasi uchun uy-joy qurib, foydalanishga topshirilgan. Bundan tashqari, milliy gvardiya hamda davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar hamda Mudofaa ishlari boshqarmalari xodimlari oilalari ham uy-joy bilan ta’minlangan.

Tantanada harbiy qism zobit va askarlari, ularning onalari so‘zga chiqib, bugungi kunda harbiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, keng ko‘lamdagi imtiyozlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Ona Vatanga xizmat qilish, davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash, yurtimizning mudofaa qudratini yuksaltirish uchun jasorat bilan xizmat ko‘rsatishlarini bildirishdi.

Har bir tantana o‘zining rag‘batlantirishi va e’tirofi bilan ajralib turadi. 2018-yilda Buyuk Britaniyada 34 ta mamlakatda 123 jamoa ishtirokida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Kembriya patruli xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Xitoy va Sudan davlatlari jamolari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarning “Qo‘shin razvedkachisi a’lochilari” tanlovida uchinchi o‘rinni egallagan Kogon tumanidagi 39004-harbiy qism xizmatchilari, chegara qo‘shinlarda xizmat qilgan zobitlar va soha vakillari viloyat hokimi tomonidan Tashakkurnoma va mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Tantana teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda konsert dasturlari bilan yanada qizg‘in kechdi. Vatanni madh etuvchi va dillarga bayramona kayfiyat ulashuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirning yanada ko‘tarinki o‘tishini ta’minladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring