Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan fotosuratlar tanlovida qatnashing va noutbuk sohibi bo‘ling!

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan fotosuratlar tanlovida qatnashing va noutbuk sohibi bo‘ling!

Bo‘lg‘usi Vatan himoyachisi!

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. O‘quvchilarimizga tushunarli bo‘lishi uchun tanlovning har bir yo‘nalishini alohida-alohida tushuntirishga qaror qildik.

Tanlov 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Bitta yo‘nalish bo‘yicha faqat bir kishi g‘olib bo‘lishi mumkin. Har bir yo‘nalish g‘olibi noutbuk bilan taqdirlanadi.

Tanlovning 4-yo‘nalishi shartlari quyidagicha:

a) ishtirokchilar 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan, bayram ruhi aks etgan o‘zlarining yoki oila a’zolarining fotosuratlarini ulashlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari);

b) «Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasini yoqtirishlari («Nravitsya» tugmasini bosish), sahifaga obuna bo‘lishlari («Podpisatsya» tugmasini bosish) kerak.

Fotosuratlar tanlovi uchun alohida post tashkil etildi. Unga o‘tish uchun mana bu havolani bosing! 

Tanlov ishtirokchilari ushbu postni o‘z sahifalarida sheyr qilishlari va suratlarni ushbu postga izoh sifatida qoldirishlari lozim.

«Facebook»da akkaunti bo‘lmaganlar ham tanlovda qatnashishlari mumkin. Buning uchun «Telegram»dagi rasmiy sahifamizga a’zo bo‘lishlari hamda «QK26 FOTOLAR» guruhiga tanlov uchun olingan suratlarni joylashlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari) kerak.

«Telegram»dagi «QK26 FOTOLAR» guruhidan skrinshot

Hakamlar hay’ati kelib tushgan suratlar orasidan eng chiroylisini aniqlaydi va uning muallifini g‘olib deb e’lon qiladi.

Ishtirokchilar barcha shartlarni bajarishi lozim, aks holda ularning ishtiroki hisobga olinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring