«Seyfidan 1 million dollar chiqqan» Turobjon Jo‘rayev 13 yilga qamaldi
Bugun, 2-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining yopiq sud majlisida sobiq hokim Turobjon Jo‘rayev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Samarqand viloyatining sobiq hokimi hademay sud qilinadi, Yunusobod tumani sobiq hokimi esa...
Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun sudga oshirilgan.
«Eh, nomard! Halol ishlasang bo‘lar edi-ku» — Samarqandning sobiq hokimi keskin tanqid qilindi
13 iyul kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdan tashqari ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. Abdullayev ishtirok etdi.
Jinoyatlar fosh etildi. Turobjon Jo‘rayev YuNESKO talabiga zid qurilish ishlarini olib borgan
Yoshlar bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida 2018 yilning o‘tgan davrida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan jami 590 ta turli ko‘rinishdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Pora bilan ushlangan hokim hibsga olindi
Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan Turobjon Jo‘rayev va uning qo‘l ostidagi bir guruh xodimlarning jinoyatlari fosh etildi. Hokim mansab vakolatini suiiste’mol qilib, jinoiy harakatlarni amalga oshirgan.
Turobjon Jo‘rayev Samarqand hokimligidan ketgani tasdiqlandi
Bugun, 12-iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi Samarqand viloyatiga, Toshkent viloyati prokurori esa Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangani haqida xabarlar paydo bo‘lganini ma’lum qilgandik.
Samarqand viloyat hokimi aholi dardini eshitishga kirishdi
Nurobod tumanidagi Mehnatkash mahallasida yashovchi Gulhayo Bobomurodova farzandining ko‘zida nuqsoni borligi, uni Rossiyada jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolashga moddiy imkoniyati yo‘qligini aytib, shu masalada amaliy yordam ko‘rsatishini so‘radi.
Samarqand viloyati hokimi: «Diananing farzandini otaliqqa olganman»
Men avvalambor mana shu hodisa aynan Samarqandda yuz berganligi uchun prezidentdan, sizdan kechirim so‘rayman! Mana, katta yig‘ilishda so‘z berib aytaman: bundan keyin Samarqand viloyatida birorta ijtimoiy soha vakili majburiy mehnatga jalb etilmaydi!
Hokim, MXX, prokuror va’da berdi: «Xorijda adashgan yurtdoshlarimizni qaytaringlar, ularni qamamaymiz»
Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi, viloyat prokurori, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi, viloyat MXX rahbari, viloyat IIB boshlig‘i, viloyatdagi barcha masjidlarning imom-xatiblari, qidiruv e’lon qilingan fuqarolarning oila a’zolari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Islom Karimovni xotirlab, Samarqandning barcha tumanlarida ehson oshi beriladi
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ishlari holati va amalga oshirilayotgan choralarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev ham so‘zga chiqqan.