Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyatining sobiq hokimi hademay sud qilinadi, Yunusobod tumani sobiq hokimi esa...

Samarqand viloyatining sobiq hokimi hademay sud qilinadi, Yunusobod tumani sobiq hokimi esa...

Bugun, 24-dekabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bosh prokuratura vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Bunday tadbirda mansab vakolatini suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikda ayblanib, hibsga olingan qator amaldorlarning jinoyat ishi yuzasidan savollar berilishi tabiiy edi. Shunday bo‘ldi ham. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning aytishicha, Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun sudga oshirilgan. Biroq tadbirda yana bir sobiq amaldor — Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga oid jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamadi. «Bu haqda hali rasmiy ma’lumotlar berilgani yo‘q, shu sabab izoh berolmaymiz», — dedi S.Rahmonova.

Toshkent shahrining Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 2018 yilning sentyabr oyida investorga yer maydoni taqdim etish evaziga 400 000 (to‘rt yuz ming) AQSh dollarini pora sifatida olayotganida qo‘lga tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring