Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turobjon Jo‘rayev Samarqand hokimligidan ketgani tasdiqlandi

Turobjon Jo‘rayev Samarqand hokimligidan ketgani tasdiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi Samarqand viloyatiga, Toshkent viloyati prokurori esa Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangani haqida xabarlar paydo bo‘lganini ma’lum qilgandik.

«Xabar.uz» manbalarining tasdiqlashicha, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Surxondaryo viloyatida 2016-yilning dekabridan buyon hokimlik qilib kelayotgan Erkinjon Turdimov tayinlanishi kutilmoqda.

Viloyatda yangi hokimni tayinlash bo‘yicha sessiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring