Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston OAV Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori baholadi

15/10, 19:06

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy OAV vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, Qozog‘istonning «Orda» nashri O‘zbekistondagi festival yuqori saviyada o‘tgani haqida katta maqola tayyorladi.

Toshkent xalqaro kinofestivali yakuni bo‘yicha barcha savollarga javob berildi

06/10, 22:15

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalining yakunlari bo‘yicha bugun, 6 oktyabr kuni Renessans kino uyida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

XV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

06/10, 15:36

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti nomiga murojaatnoma qabul qildilar.

Kevin Speysining ahvoli yaxshi, u Toshkent kinofestivalidan mamnun! – Kinofestival Axborot xizmati

05/10, 17:13

Mashhur amerikalik aktyor Kevin Speysi «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimida so‘zga chiqib, taassurotlari bilan o‘rtoqlashgandi. Taniqli yulduz shu bilan birga o‘z sog‘lig‘i haqida ham ma’lumot bergan edi:

Chopon kiygan Daniyel, yulduzlarni jamlagan Samarqand

04/10, 14:05

Samarqandga oxirgi marta 2 yil oldin borgandim. Shaharning boy tarixi, qadimiy obidalarini ko‘rgan inson xuddiki vaqt ortga qaytib o‘tmishga tushib qolgandek bo‘ladi. Yildan yilga shaharni ko‘rish uchun kelayotgan xorijliklar soni ham ortib bormoqda.

Toshkent xalqaro kinofestivali yakunida «Eng yaxshilar» taqdirlandi

03/10, 10:48

Kecha, 2 oktyabr kuni Samarqand shahridagi «Boqiy shahar» majmuasida «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

01/10, 23:21

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida yosh rejissyorlar uchun mo‘ljallangan «Kino 5 kunda» xalqaro tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Tanlov ishtirokchilari an’anaga ko‘ra, 5 kun ichida O‘zbekistonning tarixiy manzillari, jumladan, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarda bo‘lib, qisqa-metrajli filmlar suratga olishdi.

«Dublyaj san’ati tarixi» kitobining taqdimoti va dublyaj san’ati muzeyining ochilishi bo‘lib o‘tdi

01/10, 16:54

«O‘zbekfilm» kinokonsernida XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida «O‘zbek dublyaji san’ati 85 yoshda» nomi ostida tadbirlar tashkil etildi. Unda o‘zbek dublyaj san’ati ustalari Mukambar Rahimova, Noila Toshkenboyeva, Boir Xolmirzayev, Gulchehra Jamilova, Barno Qodirova, Dildora Bekjonova

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Yevropa Ittifoqi kinofestivali boshlandi

30/09, 20:39

Bugun, 30 sentyabr kuni «Renessans» kino uyida Yevropa Ittifoqi kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gruziya, Italiya, Germaniya, Fransiya kabi kino sanoati rivojlangan davlatlar vakillari ishtirok etdi.

Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

30/09, 12:11

Kecha, 29 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida «Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy kino kunlari bo‘lib o‘tadi

28/09, 12:19

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida shahar kinoteatrlarida xorijiy film namoyishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xalqaro media hollda Kiyosi Kurasavaning «Dunyoning bir chekkasi» filmi premerasi va xalqaro kinofestival sarhisobi bo‘lib o‘tdi

21/10/2021

20 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovlari bilan bog‘liq siyosiy tadbirlar bilan bir qatorda, madaniy tadbirlarni jamlash uchun samarali platforma sifatida xizmat qilayotgan Xalqaro media hollda «Ipak yo‘li dudonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali natijalari» nomli konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

29/09/2021

Kecha Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Prezident kinofestival ishtirokchilarini qutladi

28/09/2021

Ushbu anjumanda dunyoning qariyb 50 mamlakatidan 300 dan ziyod san’at ustalari, jahon kino yulduzlari ishtirok etyapti.

Mashhur hind aktyori Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi

26/09/2021

Kinofestival doirasida 14ta xorij davlatining kino kunlari bo‘lib o‘tadi.

«Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblariga sovrinlar afsonaviy aktyor Lyuk Besson tomonidan topshiriladi

26/09/2021

Tanlov ishtirokchilari dasturga muvofiq besh kun ichida o‘zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixiga oid filmlarni suratga olishlari kerak bo‘ladi.

Toshkent xalqaro kinofestivalida 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etiladi

23/09/2021

Bugun O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi tomonidan «O‘zbekfilm» kinokonsernida tashkil etilgan «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari, mutaxassislar, kinoijodkorlar va yoshlar uchun matbuot anjumanida festivalda 15 ga yaqin mamlakat filmlari namoyish etilishi aytib o‘tildi.

28-sentyabrdan afsonaviy Toshkent xalqaro kinofestivali start oladi

21/09/2021

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 28-sentyabrdan 3-oktyabrgacha «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi. 

Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etildi

15/01/2021

«O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan milliy kino san’ati haftaligi doirasida «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda bir qator xorijlik ekspertlar, xalqaro festivallar tashkilotchilari, kinomutaxassislar ishtirok etishdi.