Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston OAV Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori baholadi

Qozog‘iston OAV Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori baholadi

«Ipak yo‘li durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy OAV vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, Qozog‘istonning «Orda» nashri O‘zbekistondagi festival yuqori saviyada o‘tgani haqida katta maqola tayyorladi.

«Ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan kunda (O‘zbekistondan) ko‘p narsalarni o‘rganishimiz kerak deb o‘ylagan bo‘lsam, yopilish marosimidan keyin afsuski biz bunday darajaga erisha olmaymiz, degan fikrga keldim», — deyiladi maqolada.

Shuningdek, tahliliy materialda XV Toshkent xalqaro kinofestivalining katta bayramga aylangan ochilish va yopilish marosimlari, dunyoga mashhur aktyor va aktrisalarning tashrifi hamda tashkil etilgan kinoforumlarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring