Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur hind aktyori Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi

Mashhur hind aktyori Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi

Foto: «Actorz.ru»

28-sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga «Disko raqqosi» filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi. Taniqli mehmon kinofestival ochilish marosimida ishtirok etadi.

«Disko raqqosi» filmi bilan birga «O‘yna, o‘yna», «Qirollik ovi» kabi  kinokartinalar aktyorga katta shuhrat olib kelgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali «Kino 5 kunda», «Jahon mamlakatlari kinosi kunlari», Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kinomanzillarning ochilishi kabi katta dasturni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, kinofestival doirasida 14ta xorij davlatining kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Hind delegatsiyasi ham o‘zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi. 

Kinofestivalga  Gollivudning taniqli yulduzlari ham tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring