Raqamlashtirish Markaziy Osiyo mamlakatlarida qanday kechmoqda?
COVID-19 pandemiyasi raqamli texnologiyalar biz uchun o‘ylaganimizdan ham ko‘proq kerakligini isbotlovchi achchiq haqiqat bo‘ldi. Virusning kirib kelishi, karantin, izolyasiya... kutilmagan texnologik oqibatlar odamlarni ham, hukumatlarni ham shoshiltirib qo‘ydi.
«103»ni tering va sanang: 1, 2 – «Tez yordam eshitadi»
Guruhimiz bilan shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga kirib borar ekanmiz, qaynoq jarayonning guvohi bo‘ldik. Dastlab birin-ketin kelib ketayotgan tez yordam mashinalarini tasvirga olishga shoshildik. Haqiqatan, barchasi juda tezkor. Hatto shifokorlarning bir-ikkita savolimizga javob berishga ham vaqti yo‘q va biz ularni tushundik. Axir, gap inson salomatligi haqida ketyapti va bu o‘rinda har bir daqiqa g‘animat.
«O‘zbektelekom»: internet yanada tezlashadi
Bugun, 18-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zufarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
«Suv adolatli taqsimlanadi» (video)
Qishloq xo‘jaligi bizning eng e’tibor markazimizda turuvchi tarmoqlardan biri. Bu soha rivojlansa, bozorlarimiz, xonadonlarimizda to‘kin-sochinlik bo‘ladi. Mahsulotlarimizni chet davlatlarga eksport qilamiz. Dehqon va fermerlarimiz yaxshi daromad topadi. Demak, bizning birinchi tashrifimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bo‘ldi.
Elektron hukumatni rivojlantirish O‘zbekiston IT-sohasi uchun istiqbolli masala bo‘lib qoladi
Aloqa, axborotlashtirish va IT-texnologiyalar sohasini rivojlantirish – O‘zbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi barchamizga ma’lum. Chunki ushbu sohalarning rivojlanishi xalqimizning turmush farovonligini oshirishga, mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi.
Qiziltepa va Xatirchini raqamli transformatsiya qilish boshlandi
Navoiy viloyati hamda namunaviy hudud sifatida tanlab olingan Qiziltepa va Xatirchi tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 53,9 mlrd. so‘mga teng 86 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
«Raqamli O‘zbekiston-2030»: Ishchi guruh Xorazmdagi holatni o‘rgandi
Xorazm viloyatida raqamli transformatsiya bo‘yicha namunaviy tumanlar sifatida Shovot va Xonqa belgilangan bo‘lib, 2020-yil hamda 2021-yil I choragi yakuniga qadar bu hududlarda bir qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
AKT vazirligida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Bugun, 22-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining dolzarb vazifalarini ijro etishga bag‘ishlangan yig‘ilish videokonferensaloqa orqali o‘tkazildi.
Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy qilinadi (video)
Kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo‘lish uchun Hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa – alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.
«Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi hayotga tatbiq etiladi
Yig‘ilishda Hukumatga 2 oy ichida raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqish yuklatildi.