Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Raqamli O‘zbekiston-2030»: Ishchi guruh Xorazmdagi holatni o‘rgandi

«Raqamli O‘zbekiston-2030»: Ishchi guruh Xorazmdagi holatni o‘rgandi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyatining shahar va tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hududiy kengash raisi o‘rinbosari O. Pekos rahbarligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatidagi holatni o‘rgandi.

2020-yilning yilning 5-oktyabrida davlatimiz rahbari «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkan.

Shuningdek, Prezidentning 6-oktyabrdagi qarori bilan joriy yil oxiriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablarni tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

Yuqoridagi farmonga muvofiq, Xorazm viloyatida raqamli transformatsiya bo‘yicha namunaviy tumanlar sifatida Shovot va Xonqa belgilangan bo‘lib, 2020-yil hamda 2021-yil I choragi yakuniga qadar bu hududlarda bir qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Foto: «Mitc.uz»

Ishchi guruh Xonqa tumanidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan «Elektron kundalik» axborot tizimi, tuman markaziy poliklinikasida «Elektron poliklinika» axborot tizimi, tumandagi 48-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati negizida Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirish tayanch maktabi tashkil etilishi hamda barpo etilayotgan «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi» bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va boshqa loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Viloyatda raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul rahbarlarga loyihalarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring