Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik: o‘simliklar himoyachisi, muhandis va mahallabay ishlovchi qo‘lga tushdi

30/05, 07:27

Bir holatda 10 ming, ikkinchisida 1 ming «ko‘kida» olingan.

Soliq inspektori va sud-ekspertiza markazi xodimi qo‘lga olindi

22/05, 19:47

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi eksperti 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qashqadaryoda firibgarlik qilgan uch advokat ushlandi

21/05, 07:34

Advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Beshta viloyatda «yer sotuvchilar» qo‘lga olindi

18/04, 10:32

Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

100 dollar pora bergan haydovchining ozodligi ikki yilga cheklandi

10/04, 13:17

Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida X.J. aybiga iqror bo‘lib, chin dildan pushaymonligini bildirgan.

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

26/03, 12:32

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  poraxo‘rlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar olganda ushlandi

03/02, 10:18

Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi.

Germaniyaga jo‘natishni va’da bergan boshqaruvchi qo‘lga olindi

29/01, 19:55

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

17/01, 09:25

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs 30 ming dollar pora olayotganda ushlandi.

Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi

11/01, 11:12

Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

FVB boshlig‘i 160 ming AQSh dollari olganda qo‘lga tushdi

10/01, 10:20

Namangan viloyati Pop tumani FVB boshlig‘i 160 ming AQSh dollari bilan ushlandi.

Avval sudlangan shaxs tug‘ruqxonaga ishga kiritishda qo‘lga olindi

12/12, 21:40

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada IIO xodimiga pora taklif qilgan ayol qo‘lga olindi

17/11, 18:40

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Ichki ishlar organi xodimiga 3000 AQSh dollari pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Sirdaryoda YTH sodir etgan fuqarodan pora olgan inspektor qamaldi

14/11, 15:28

YPX xodimi YTH sodir etgan haydovchidan tekshiruv materiallarini uning foydasiga hal qilishni va sud tibbiy ekspertizasini yengillashtirishni va’da qilib, evaziga 400 dollar talab qilgan.

Andijonda FVB va ekologiya bo‘limi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

06/11, 15:12

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘yildi.

Chirchiqda hokim o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi

05/11, 19:56

Mazkur jinoyat ishi Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilindi.

MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi

05/11, 16:23

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi, yana biri 7 yilga qamaldi

05/11, 09:24

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda davlat unitar korxonasining yetakchi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

To‘rtta hududda advokatlar qo‘lga olindi

04/11, 16:36

Qashqadaryoda advokat ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkentda pora olayotgan prokuratura tergovchisi qochib ketdi

09/10, 20:19

Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Jizzaxda temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

20/09, 11:22

«Temiryo‘linfratuzilma» AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ixtisoslashmagan do‘konlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ tomonidan Tojikiston hududidan O‘zbekistonga olib kelinadigan ko‘mir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini o‘zining tanishlari orqali bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish, evaziga pul talab qiladi.

Andijonda ETK muhandislari ushlandi

19/09, 14:04

Andijon viloyatida tadbirkorning 20 mln so‘mini olgan ETK muhandislari qo‘lga tushdi.

Qashqadaryoda mansabdor shaxs 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

09/09, 17:55

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi «Xavfsiz daryo boshqarmasi» davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi mansabdor xodimi pora bilan qo‘lga tushdi.

Hokim o‘rinbosari qamoqqa olindi

22/08, 17:53

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Mansabdorning xonasiga 5 ming dollar tashlab ketildi

19/08, 09:42

Qayd etilishicha, voqea 16 avgust kuni sodir bo‘lgan.

90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan Kogonning sobiq prokurori 15 yilga «kesildi»

07/08, 13:01

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning «xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sobiq prokuror ustidan JIB Samarqand shahar sudida ko‘rilgan jinoyat ishida uning Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi isbotlangan.

DXX bir qator mansabdorlarni qo‘lga oldi

03/08, 12:29

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz ta’minoti bo‘limi mas’uli pora bilan qo‘lga tushdi

10/07, 08:55

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi S.S. protsessual tartibda ushlandi.

Uchta tumanning hokim o‘rinbosarlari pora bilan ushlandi

02/07, 09:41

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zining mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, hokimlik balansida bo‘lgan va rejaviy buzilishga tushgan uyni mahalliy fuqaroga buzish ishlarini olib borish hamda buzish davomida chiqqan materiallardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish (sotish) vakolatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qiladi.

Prokuror, tergovchi, advokat va boshqalar pora bilan qo‘lga tushdi

12/06, 10:17

Davlat xavfsizlik xizmati huquq organlarida ishlovchi va boshqa ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani haqida xabar berdi.

Yana